AsosiyJamiyat

«Morgdan olib qaytayotgan bo`lgan». IIV Toshkentda ayolining jasadini mashinada olib yurgan erkak bo`yicha ma`lumot berdi

'«Morgdan olib qaytayotgan bo`lgan». IIV Toshkentda ayolining jasadini mashinada olib yurgan erkak bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqida tarqalgan xabarni bergan edik.

IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov Toshkentda erkak xotinini o`ldirib, uning jasadini ikki kundan buyon mashinada olib yurgani aytilgan holatga munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, 9 iyun kuni Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo`li ko`chasida yashovchi 35 yoshli J.D. (ayol) erta sahardan kuchli bosh og`rig`i hamda to`xtovsiz qayd qilish oqibatida turmush o`rtog`i X.O. tez yordamga murojaat qilgan. Tibbiyot maskanida ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan ayol shu kuni soat 09:45 vafot etgan.

O`tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra, ayolga «chap tuxumdon kistasi, ichki kon yo`qotish, tuxumdon va bachadon tashqi homilasi, ichki qon yo`qotish, ichki a`zolari kam qonligi» tashxisi qo`yilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda ayol murdasini turmush o`rtog`i tomonidan morgdan uyiga qaytarib olib kelgan holati qayd etilgan.

«Noto`g`ri axborot tarqatish yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan shov-shuvning natijalari yuzasidan esa, tegishli jamoatchilik vakillari o`ziga xulosa chiqaradi degan umiddamiz», — deyiladi IIV munosabatida.

Shuningdek, hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o`tkazildi.

Bosh Prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, er turmush o`rtog`ining murdasini 2 kun mobaynida avtomashinasida olib yurganligi holati o`z tasdig`ini topmagan.
"Hozirda komissiyaviy sudga oid tibbiyot ekspertizasi o`tkazilmoqda. 
Tekshirish harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar