O`zbekistonga YuNESKO tomonidan koronavrusga qarshi Pfizer vaksinasining bolalar uchun mo`ljallangan 201 600 dozasi taqdim etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shu kunga qadar yurtimiz bo`ylab emlash jarayonlarida 66 mln dozaga yaqin vaksinadan foydalanildi.
Ma`lumot uchun, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksina saqlash omborxonalarida 5,9 mln. doza vaksina zahirasi mavjud.






