AsosiyJamiyat

Toshkent va Namanganda ishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarliklar fosh etildi

'Toshkent va Namanganda ishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarliklar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan fuqarolarning huquq va  manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 “G.G.” MChJ rahbari G`.L. 8 nafar fuqaroni o`zi rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga qabul qilishga ishontirib, ularning nomiga hududiy tijorat banki filialidan jami 176 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag`larini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari yordamida 4 200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga ishga yuborishga kelishib, shundan 300 AQSh dollari va 2,2 mln so`mni  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar