Qashqadaryo viloyatida “Damas” va “Kobalt” ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi.
Viloyat IIB ma`lum qilishicha, YTH bugun – 29 avgust kuni soat taxminan 14:30 larda Qamashi tumani “Sho`rcha-Xontushdi” 4K-298 yo`lining 10 km.da sodir bo`lgan. Haydovchi Y.S. boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotganda, qarama-qarshi tomondan kelayotgan haydovchi A.K. boshqaruvida bo`lgan “Kobalt” avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar X.O. va N.M. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






