AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko`zda tutilmoqda

'Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko`zda tutilmoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko`zda tutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Soliq imtiyozlari kimlar uchun tadbiq etiladi va shartlari qanday?

Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subektlari uchun soliq imtiyozlari tadbiq etiladi (yirik soliq to`lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko`proq miqdorda bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno)

Qaysi soliq turlari bo`yicha imtiyozlar berilmoqda?

Quyidagi soliq imtiyozlari berilishi nazarda tutilmoqda:  

  • foyda solig`i, aylanmadan olinadigan soliq, er va mol-mulk solig`i bo`yicha soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish

Misol uchun: foyda solig`i bo`yicha belgilangan 15 foizlik stavka 7,5 foizgacha, aylanmadan olinadigan soliq esa 4 foizdan 2 foizgacha pasaytiriladi.

  •  ijtimoiy soliq stavkasini 12 foiz o`rniga 1 foiz miqdorida belgilash
  •  yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq bo`yicha yillik soliq stavkasi 6-12 BHMdan (1,8-3,6 mln so`m) 1 BHMgacha (300 ming so`m) pasaytirilishi belgilanmoqda

Soliq imtiyozlari qaysi muddat davomida amal qiladi?

Imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar amalda bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida qanday soliq imtiyozlari amal qiladi?

Mo`ynoq tumanidagi tadbirkorlik sub`ektlari uchun soliq imtiyozlarining kengaytirilgan ro`yxati nazarda tutilgan (PF-25-son Farmon va Soliq kodeksining 483-modda 16-qismi).

 

    Boshqa yangiliklar