Hindistonlik mashhur kriketchi Ravindra Jadeja (Ravindra Jadeja) qo`riqhona-xiyobonga qilgan safari vaqtida sher bilan selfiga tushgani uchun ma`muriy javobgarlikka tortilib, jarima to`ladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
U bu suratni Instagram sahifasiga joylashtirgandan keyin ma`muriy javobgarlikka tortilgan.
Ravindra Jadeja o`zining bu xatti-harakati bilan qo`riqxona-xiyobonda sayohatchilarning o`zini tutish qonun-qoidalarini qo`pol ravishda buzganlikda ayblangan. Sayohat davomida tomoshabinlarga avtomobildan tushish qat`iyan man etiladi, chunki bu erda yirtqich hayvonlar erkin sayr qilib yuradi.
Yigit suratning tagiga “Qo`rqmas va botir bo`l!” deb yozib, “Menga baribir” xeshtegiga yo`naltirgan. Ba`zi bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari haqiqatan ham uning bu harakatini tahsinga loyiq, deb baholagan bo`lsa, aksariyat qismi yigitni o`ylamay, tavakkal qilganlikda ayblagan.
Qo`riqxona-xiyobon ma`muriyati Ravindra Jadeja bilan bog`lana olmaganligi tufayli 20 ming rupiy (300 dollarga yaqin) jarimani uning o`gay otasidan undirgan. Bundan tashqari u o`gay o`g`lining nomidan tushuntirish xati ham yozgan.