AsosiyJamiyat

Toshkentda sudya yordamchisi mashinasida odam urib ketdi. Yo`lovchi vafot etgan

'Toshkentda sudya yordamchisi mashinasida odam urib ketdi. Yo`lovchi vafot etgan'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo`lgan YTH tufayli o`lim holati qayd etildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yo`lning qatnov qismidan aravasini etaklab o`tayotgan piyoda zarb natijasida bir necha metrga uchib ketgan va boshi bilan yo`l chetidagi beton to`siqqa borib urilgan.

Ayni damda taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, rul boshqaruvida Toshkent shahar ma`muriy sudining sudya katta yordamchisi bo`lgan.

" U 2022 yil 30 avgust 01:30 larda o`ziga tegishli bo`lgan NEXIA 3 rusumli transport vositasini Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi Mirzo Ulug`bek ko`chasi bo`ylab boshqarib borayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida piyoda vafot etgan",-deyiladi bayonotda.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligi xabar qilinadi.

    Boshqa yangiliklar