AsosiyJamiyat

Toshkentning qator ko`chalari elektr energiyasidan uzilib qoldi

'Toshkentning qator ko`chalari elektr energiyasidan uzilib qoldi'ning rasmi

Bugun Toshkentning qator ko`chalari elektrdan uzilib qoldi. Energetika vazirligi xabari ko`ra, Yashnobod tumanidagi podstansiyada nosozlik yuzaga keldi. Shundan so`ng vazir o`rinbosari Sherzod Xodjaev zudlik bilan nosozlik bartaraf etilayotgan joyga etib borgan.

Qayd etilishicha, nosozlik yuz bergan mazkur "Hosilot" podstansiyasi Mirobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.

Buning natijasida, Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzabod, Eski Otchopar va Oqbilol ko`chalarida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatilgan.

"Hozirda avariyaga qarshi maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta`mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi ta`minoti tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz",-deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar