1

Yunusobod tumanida ro`y bergan YTHda yosh bola tan jarohati oldi (foto)

Jamiyat 11.08.2016, 15:22
Teglar: Avto, YTH, Toshkent
Yunusobod tumanida ro`y bergan YTHda yosh bola tan jarohati oldi (foto)

Poytaxtimiz ko`chalarida kundan-kunga YTHlar soni oshib bormoqda, deb xabar berdi “Nuz.uz” nashri.

Kecha soat 18.30da Yunusobod tumanida bir paytning o`zida to`rt mashina — Lacetti, Nexia, Spark va Mazda ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi. “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari Facebook ijtimoiy tarmog`iga voqea joyidan olingan suratlarni joylashtirishdi. 

Avtohalokatga qaysi avtomobil sababchi bo`lgani hozircha noma`lum. Ba`zi bir guvohlarning ma`lumot berishicha, YTHga Lacetti haydovchisining tezlikni oshirib, boshqaruvni yo`qotgani sabab bo`lgan. Boshqa guvohlar esa Mazda avtomobilini boshqarayotgan qizning mumkin bo`lmagan joydan avtomashinani burganligini sabab qilib ko`rsatishmoqda. YTH oqibatida Lacetti avtomashinasi haydovchisi va yosh bola tan jarohati olgan.  

“Faqatgina Lacetti haydovchisi emas, balki Spark ning orqa o`rindig`ida o`tirgan yosh bola ham jarohatlandi. Lacetti katta tezlikda uchib kelib, biz o`tirgan Nexia ga, so`ng Sparkka urildi. Keyin uni Mazda surib ketdi. Tezlikni oshirishni bas qiling!!! Bundan nafaqat haydovchilar, balki boshqalar ham jabr ko`rmoqda!!! Ayniqsa bolalar!!! Tan jarohati olgan bola judayam kichkina edi!”, deb yozibdi avtohalokatga guvoh bo`lgan qiz Facebook ijtimoiy tarmog`ida. 

YTH lar haqida so`z yuritgan “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari so`nggi paytlarda poytaxtimiz ko`chalarida avtohalokatlar soni ortib borayotganini ta`kidlashgan. Foydalanuvchilarning ma`lumot berishicha, kechaning o`zida ular bir necha YTHlarga guvoh bo`lishgan. Masalan, “Qozog`iston” kinoteatri chorrahasida avtobus bilan Lacetti to`qnashgan bo`lsa, Olmazor metrosi oldida Matiz daraxtga urilgan, “Novza” metrosi oldida Damas, Opel va Matizlarning to`qnashuvi oqibatida YTH sodir etilgan.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1