AsosiyJamiyat

Qo`qonga Turkiy davlatlarning eng mashhur fotograflari tashrif buyuradi

'Qo`qonga Turkiy davlatlarning eng mashhur fotograflari tashrif buyuradi'ning rasmi

Joriy yilning oktyabr oyida Qo`qonga Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlardan taniqli fotograflar tashrif buyuradi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, maqsad “Qo`qon turkiy suratkashlar obektivida” rukni ostida ko`rgazma  va yosh fotograflar uchun mahorat darslari tashkil etishdir. 

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-338-sonli qarori ijrosiga ko`ra amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ta`kidlash kerakki, Qo`qon “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbirda O`zbekiston, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya, O`zbekiston va kuzatuvchi davlatlardan (Vengriya, Turkmaniston) ikki nafardan taniqli ijodkorlar qatnashadi. 

Ma`lumot uchun, mahalliy va xorijlik fotograflar yurtimizning diqqatga sazovor joylarini suratga olishadi hamda ularning eng sara ijod namunalari ko`rgazmadan joy oladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Samarqandga ShHT sammiti doirasida ShHTga a`zo mamlakatlar fotograflari tashrif buyurgan edi. 

    Boshqa yangiliklar