AsosiyJamiyat

"Chuqur o`ylab, xalq bilan maslahat qilib, faqat referendum asosida qabul qilamiz" — Prezident yangilanayotgan Konstitusiya haqida

'"Chuqur o`ylab, xalq bilan maslahat qilib, faqat referendum asosida qabul qilamiz" — Prezident yangilanayotgan Konstitusiya haqida'ning rasmi

Sal avval "Yangi O`zbekiston” bog`ida boshlangan tantanali tadbirni prezident o`z nutqi bilan ochib berib, yangilanayotgan Konstitusiya yuzasidan ham fikr bildirdi.

"Albatta, bunday keng ko`lamli vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turli qiyinchilik va muammolar paydo bo`lishi tabiiy hol. Lekin o`z tarixida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilikni engib o`tishga qodir. Men bunga qat`iy ishonaman",-deydi u.

O`zbekiston etakchisi so`zida davom etarkan, asosiy muallifi va ijodkori o`zbek xalqi bo`lgan – yangilanayotgan Konstitusiya bu yo`lda mustahkam huquqiy asos bo`lib xizmat qilishini aytadi.

"Asosiy qonunimizni shoshilmasdan, chuqur o`ylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Ishonchim komil, Yangi Konstitusiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitusiyasi bo`ladi", - deydi Prezident shundan so`ng.

U ayni fursatda islohotlarni faol qo`llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda doimo fidoiylik ko`rsatib kelayotgan mehnatkash, olijanob va bag`rikeng xalqqa ta`zim qilishini bildirdi.

Siz, aziz yurtdoshlarimni O`zbekiston mustaqilligining o`ttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!

Yaratganning o`zi barchamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo`lsin!”, – dedi davlatimiz rahbari nutqining yakunida.

    Boshqa yangiliklar