Ma`lum bo`lishicha, hodisa bugun, 31 avgust kuni 12:17 larda Chust tumanida sodir bo`lgan.
"Laylakyo`l"MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong`in sodir bo`layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga etib borishganida "Gaz-53" yuk avtomobilining kabina qismida yonayotgan bo`lgan.
"Hozirda yong`in keltirgan zarar va uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda", — deydi FVB xodimi.
Eslatib o`tamiz, mazkur voqea oqibatida kuygan va tan jarohati olganlar yo`q.






