O`zbekistonlik tajribali bokschi Elshod Rasulov (-81 kg) Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslaridagi ilk uchrashuvini britaniyalik Joshua Buatsiga qarshi o`tkazdi.
Afsuski, Elshod Rasuloga bu jangda omad kulib boqmadi. Jangning uchinchi raundida o`zbekistonlik bokschi raqibilan bir nechta kuchli zarbalar o`tkazib yubordi va nokautga uchradi.
Shunday qilib, Elshod Rasulov Olimpiada o`yinlaridagi ishtirokini nimchorak finalga tugatishga majbur bo`ldi.





