AsosiyDunyo

Argentina vise-prezidentini tarafdorlari bilan muloqot chog`ida unga suiqasd uyushtirildi

'Argentina vise-prezidentini tarafdorlari bilan muloqot chog`ida unga suiqasd uyushtirildi'ning rasmi

Argentina vise-prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga o`z uyi yonida tarafdorlari bilan salomlashayotgan paytida suiqasd uyushtirildi, deb yozadi Meduza.

Hodisa aks etgan videolarda bir odam uning yuziga to`pponcha qaratib tepkini bosganini, ammo u otilmay qolganini ko`rish mumkin.

Hujum qilgan shaxs qo`lga olindi. U Braziliya fuqarosi Fernandu Andre Sabag Montiel bo`lib chiqdi, u ilgari qonun bilan bog`liq muammolarga uchramagan. U Argentinaning Bersa rusumli to`pponchasidan foydalangan.

Uning qanday maqsadni ko`zlagani hozircha noma`lum.

Argentina prezidenti Alberto Fernandes ma`lum qilishicha, qurol beshta o`q bilan to`ldirilgan, ammo otilmay qolgan. Fernandes suiqasdni Argentinada 1983 yilda «demokratiya tiklanganidan buyon yuz bergan eng jiddiy hodisa» deb atadi.

69 yoshli Kristina Fernandes de Kirshner 2007—2015 yillarda Argentina prezidenti bo`lgan. U korrupsiya haqidagi ish bo`yicha ayblanuvchi sifatida qatnashmoqda, o`tgan hafta prokuror uni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish va davlat lavozimlarini egallashni umrbod taqiqlashni so`raganidan keyin, uning tarafdorlari uyining yonida navbatchilik qilmoqda. Siyosatchi har kuni uyidan chiqishda va uyiga qaytishda tarafdorlari bilan salomlashardi va dastxat yozib berardi. Uning uyi yonida ko`plab polisiyachilar bo`lgan, ammo Kirshnerning tarafdorlari bilan to`qnashuvlardan keyin ularning soni qisqartirilgandi.

    Boshqa yangiliklar