1

"Is`hoqxon Ibrat" filmidagi bosh rolga nega xorijlik akrtyor tanlandi?

Madaniyat 03.09.2022, 00:38
"Is`hoqxon Ibrat" filmidagi bosh rolga nega xorijlik akrtyor tanlandi?

Rejissyor Jahongir Qosimov nima uchun "Is`hoqxon Ibrat" badiiy filmidagi bosh rolga o`zbek aktyori emas xorijda ijod qiladigan Farhod Mahmudovni tanladi?

Albatta bu savol barchani qiziqtirishi tabiiy.

Rossiya Federasiyasida xizmat ko`rsatgan artist bu savolga quyidagicha javob berdi. Farhod Mahmudovning fikricha, rejissyor uni taklif etgan bosh rolga ayni mos keladi.

"Men buni sababini yaxshi bilaman",-deydi aktyor.

Uning fikricha, yashash tartibi, hayotiy tajribalari va hatto saboqlari o`zi ijro etgan rol bilan juda mutanosib.

"Bilasizmi, balki bu men o`sha davrda Sovet Ittifoqi tarkibida bo`lgan O`zbekistonda, kegin umuman boshqa mamlakatning bir burchagida yashaganim uchundir.  O`sha bir necha hududlar orasida hayot kechirgan bir odam sifatida u (Is`hoqxon) xulqi va qarashlari bilan mutlaqo boshqa inson. Men bilmayman, balki menda shu qarashlar bordir. Shunisi aniqki, rejissyor Jahongir Qosimov erliklarga xos bo`lmagan qarashlar va hislatlar egasini mazkur filmda men orqali ochib bermoqchi bo`lgan",-deydi u.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1