1

Koronavirus qanday bemorlarda og`ir kechishini oldindan aniqlash yo`li topildi

Salomatlik 03.09.2022, 10:35
Koronavirus qanday bemorlarda og`ir kechishini oldindan aniqlash yo`li topildi

Olimlar koronavirus qanday bemorlarda og`ir kechishini oldindan aniqlash yo`lini topdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum qilinishicha, koronavirusning ilk belgilari paydo bo`lgan davrdayoq kasallik bemorda kelgusida qanday kechishi va qanday oqibatlarni yuzaga keltirishini oldindan aytish imkonsiz.

Rossiyalik olimlar ayni shu masalada izlanishlar olib borib, yakunda kutilgan ijobiy natijaga erishganini ma`lum qildi.

Yangi diagnostika usuli COVID-19ga chalingan bemorlar organizmida kasallikning og`ir shakli rivojlanishidan ogohlantiruvchi jarayonni aniqlash imkonini beradi.

Ya`ni ana shu xavf mavjud bo`lsa, bemorlar qon plazmasi tarkibida xolesterin miqdori deyarli yarmiga kamayishi kuzatiladi. Ko`rsatkich qancha pasaygani sari xastalik shu qadar og`ir shaklga o`tishi mumkinligi ayon bo`ladi.

"Xolesterin miqdorining keskin kamayishi kasallik kuchayib ketishiga doir yomon prognozdir, — deb tushuntiradi mutaxassislar. — Masalan, shunday holat koronavirusga chalingan bemorda qayd etilsa, u tez orada reanimasion yordamga muhtoj bo`lishi mumkin”.

Olimlar izohiga ko`ra, xolesterin miqdori kamayishining bir necha sabablari bor. Jumladan, bu holat xolesterin metabolizmi va hujayra reseptorlari faolligi oshishi uchun mas`ul bo`lgan genlarning noto`g`ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1