AsosiyDunyo

Iyun oyidan buyon 4.7 ming ukrainalik Britaniya hududida harbiy tayyorgarlikdan o`tdi

'Iyun oyidan buyon 4.7 ming ukrainalik Britaniya hududida harbiy tayyorgarlikdan o`tdi'ning rasmi

Iyun oyidan buyon 4.7 ming ukrainalik Britaniya hududida harbiy tayyorgarlikdan o`tdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi, deya yozmoqda “zamon.uz”. 

Unga ko`ra, harbiylar Angliya  shimoli, janubi-g`arbi va janubi-sharqida tayyorgarlik ko`rmoqda. London ularni o`qitish muddatini 3 haftadan 5 haftaga uzaytirishga qaror qilgan. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning ta`kidlashicha, bu orqali ukrainaliklarning harbiy tayyorgarligi sifatini oshirish maqsad qilingan.

O`quv mashg`ulotlarida Kanada, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya,  Litva, Shvesiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiyadan kelgan harbiy murabbiylar ishtirok etmoqda.

Boshqa yangiliklar