AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda eri bilan urushib qolgan ayol o`zi va uch nafar farzandini kanalga tashlamoqchi bo`ldi

'Qashqadaryoda eri bilan urushib qolgan ayol o`zi va uch nafar farzandini kanalga tashlamoqchi bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida o`zi va farzandlarining joniga qasd qilmoqchi bo`lgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda hudud profilaktika inspektoriga tayanib, "Nasafnews" xabar berdi.

Inspektorning so`zlariga ko`ra, tumanning "Fazli" qishlog`ida yashovchi ayol X.S. o`z yashash uyidan 3 nafar voyaga etmagan farzandlarini olib chiqib ketgan. Uydan chiqishidan avval ayol turmush o`rtog`i U.M. bilan o`zaro janjallashib qolgan. Holatdan xabar topgan hudud profilaktika inspektori shundan keyin qidiruv ishlarini amalga oshirgan.

Ma`lum bo`lishicha, ayol Qarshi tumani va Qarshi shahri chegarasidan oqib o`tuvchi Qarshi magistral kanaliga borgan va o`zini suvga tashlagan. Inspektor va ayolning akasi uni zudlikda suvdan olib chiqib, yordam ko`rsatgan. Hozirda ayol va bolalarning ahvoli yaxshi. Holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar