AsosiyJamiyat

Toshkentda garovdagi binolar buzib tashlangani aniqlandi

'Toshkentda garovdagi binolar buzib tashlangani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida garovga qo`yilgan binolarni buzib tashlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, departamentning Yangiobod tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Tekshiruvda "K.Z." MChJ mas`ul shaxslari, hududiy tijorat banki filialidan qurilish mollari ishlab chiqarish uskunasi va bank balansida bo`lgan MTM binosini sotib olish uchun jami 4 milliard so`m kredit ajratilishiga erishgani aniqlangan.

Ular garov ta`minoti uchun qo`yilgan MChJga tegishli 3,1 milliard so`mlik binolarni buzib tashlab, bank manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar