AsosiyJamiyat

Respublika ta`lim markazi "Biologiya" darsligida xatolikka yo`l qo`yilganini rad etdi

'Respublika ta`lim markazi "Biologiya" darsligida xatolikka yo`l qo`yilganini rad etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 10-sinf biologiya fani darsligidagi rasmlar ostiga rus tilida izohlar yozilgani, ayrim joylarida raqamlar qolib ketgani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi biologiya fani darsligida xatoliklarga yo`l qo`yilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 10-sinf "Biologiya" darsligi deya ko`rsatilgan sahifa bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan darslikning ishchi fayli bo`lib, darslikning original maketida mazkur xatoliklar kuzatilmaydi.

"Shu o`rinda keng jamoatchilikdan tarqatilayotgan asossiz xabarlarga ishonib qolmasliklarini so`raymiz", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar