Davlat test markazi 6 sentyabr kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo`lgan abiturientlardan apellasiya arizalarini qabul qilish yakunlanishini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, apellasiya arizalarini qabul qilish «My.dtm.uz» sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va 6 sentyabr arizalarni qabul qilishning so`nggi kuni hisoblanadi.
Apellasiya arizasini bergan abiturientga uni ko`rib chiqish sanasi va vaqti ko`rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abiturient xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abiturient ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim. Apellasiya arizalarini ko`rib chiqish 2022 yil 7 sentyabr kunidan boshlanadi.






