Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar bermoqda. Shuningdek, Qo`mita, Ko`chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo`yish mumkinligini ma`lum qildi.
Quyida qisqacha tushuntirish funksiyasi bilan tanishishingiz mumkin.
ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo`limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to`g`risida ma`lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma`lumotlari (F.I.O, ta`lim olayotgan o`quv yurti, fakulteti, ta`lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro`yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.
Keyingi jarayonda "Qo`shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.
So`ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
Shuningdek, “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so`ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo`limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko`chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo`yilishi mumkin.
Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikasiya raqami kiritilganda uning ma`lumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlash mumkin.
"Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo`yilganda ushbu ma`lumotlar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to`lovining bir qismini qoplab berishda oliy o`quv yurtlariga qulaylik yaratadi" deyiladi xabarda.
Eslatma:
Soliq to`lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.






