Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Hasanboy Do`smatov yarim finalda AQSh vakili Migel Ernandesga qarshi ringga ko`tarildi.
Katta ustunlikka ega bo`lgan Do`smatov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi hamda final yo`llanmasiga ega bo`ldi.
O`zbekiston vakili finalda kolumbiyalik Yubergen Martinesga qarshi jang o`tkazadi.





