Kipr elchisi Patrik Georgios Kasulidis O`zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri.
12 avgust kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kipr Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Georgios Kasulidisni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi. Elchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo`llangan ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida ikki tomonlama munosabatlar, jumladan Evropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi.
Uchrashuvda turli sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, davlatlararo muloqotlarni hamda O`zbekiston va Kipr Respublikasi biznes-doiralari o`rtasidagi almashinuvlarni faollashtirishga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.





