Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Angor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Angor tumanida akademik liseyga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan direktor o`rinbosari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik lisey direktori o`rinbosari Q.A. fuqaro G.ning o`g`lini ushbu liseyga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






