Shavkat Mirziyoev bugun, 7 sentyabr kuni O`zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo`shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyumni qabul qildi.
Prezident Deniel Rozenblyumning O`zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini alohida qayd etdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, keyingi yillarda u bilan konstruktiv-siyosiy muloqot yo`lga qo`yilgan
"Birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda. O`zaro savdo hajmi oshmoqda, AQShning etakchi kompaniyalari ishtirokida qator investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama dasturlar joriy etilmoqda", – deya ma`lum qilinadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidentining joriy yil avgust oyida qabul qilingan farmoniga muvofiq amerikalik diplomat yuksak davlat mukofoti – “Do`stlik” ordeniga sazovor bo`lgan.
AQSh elchisi uning faoliyatiga berilgan yuqori baho uchun samimiy minnatdorlik bildirgan, bundan buyon ham mamlakatlar o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning mustahkamlanishini faol qo`llab-quvvatlashda davom etishini ta`kidlagan.






