AsosiyJamiyat

Tanlov “25 yosh”: ARTEL kompaniyasi eng yaxshi pazandaga mini-pech va multivarka sovg`a qiladi

«Darakchi-plyus» va Facebook dagi «Delikates» oshpazlar uyushmasi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “25 yosh” tanlovini o`tkazadi. 

Tanlovning asosiy sharti 25 raqamidan foydalangan holda, shaxsan o`zingiz taom tayyorlashingiz va uni suratga olib, sahifangizga joylashtirishingiz lozim. 

Facebook dagi bu tanlov 16 avgustgacha davom etadi.  

17 avgust kuni ovoz berish yo`li bilan tanlovning 10 nafar finalchisi aniqlanadi. Eng sara taomlar tanlanayotganda uning tanlov shartlaridan kelib chiqib, mohirona va ustalik bilan bezatilishiga, g`oyaning kreativligiga e`tibor beriladi. 

Tushunarli tilda taomning resepti ham yozilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

18 avgust kuni barcha finalga chiqqan ishtirokchilar tayyorlagan taomning fotosuratlari http://ru.darakchi.uz/  saytida e`lon qilinadi.

19 avgust kuni soat 15:00 da ovoz berish yakunlanadi va tanlov g`oliblari aniqlanadi.

20 avgust kuni tanlov g`oliblari http://ru.darakchi.uz/ saytida e`lon qilinadi.

DIQQAT!!!  “25 yosh” tanlovi g`oliblari uchun sovg`alarni  tanlov homiysi Artel kompaniyasi taqdim etadi!

1 o`rin - mini-pechka

2 o`rin - multivarka

3 o`rin – vaznni o`lchash tarozisi

Bundan tashqari, tanlovning “eng yoqimli taom” nomli maxsus sovrini bo`lib, unda g`olib chiqqan odamga sendvich tayyorlagich sovg`a qilinadi.

Tanlovda 4-5 o`rinni olgan ishtirokchilar «Darakchi-plyus» gazetasining rag`batlantiruvchi sovg`alariga ega bo`lishadi.

Sovg`alar topshiriladigan kun haqida alohida ma`lumot beriladi.

Darvoqe, eng yaxshi deb tan olingan taomlar resepti 2016 yilning 1 sentyabr kuni «Darakchi-plyus» gazetasining bayram sonida chop etiladi!

Pazandalik mahoratingizni ko`rsatish va qimmatbaho sovg`aga ega bo`lish uchun shoshiling! Omad tilaymiz!

    Boshqa yangiliklar