Ma`lum bo`lishicha, psixotrop moddalar saqlashda gumondorlar ushlanayotganda ular o`zining mashinasida qochib ketishgan.
Poytaxt IIB bu haqda xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, xodimlar xizmat mashinasida uning ketidan kuzatib borishgan. Qoratosh ko`chasidagi Damas' rusumli avtomashina tirbandlikda to`xtaganligidan foydalanib, xodimlar haydovchi Sh.S.ni oldiga borishadi u IIO xodimining qonuniy talabiga bo`ysunmasdan faol qarshilik ko`rsatadi.
Shu bilan bog`liq video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ulgurdi.
Ta`kidlanishicha, qilingan qarshilikka qaramay PPX inspektorlari fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borishgan.
"Mazkur holat yuzasidan fuqaroning qilmishiga qonuniy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",-deyiladi xabarda.






