Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 9 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.






