AsosiyJamiyat

"Yaqinda sinfdoshimni ko`rib, ko`zimga yosh keldi". Abduqodir Toshqulov talabalarga motivasiya berish uchun yoshligidagi holatni gapirib berdi (video)

'"Yaqinda sinfdoshimni ko`rib, ko`zimga yosh keldi". Abduqodir Toshqulov talabalarga motivasiya berish  uchun yoshligidagi holatni gapirib berdi (video)'ning rasmi

AOKAda tashkil etilgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri ishtirokidagi matbuot anjumanida vazir Toshqulov poytaxtda talabalarning yotoqxona, transport va boshqa muammolarga duch kelayotganiga to`xtalar ekan, bu borada abiturientlar faqat poytaxt oliygohlariga emas, o`z hududlarida ham o`qishga topshirishi  mumkinligi, shuningdek, talaba bo`lmoqchi bo`lganlarga ayni paytda ko`proq imkoniyat berilayotganining natijasi kelajakda bo`lishi haqida gapirdi. Shu o`rinda vazir talabalarga motivasiya berish uchun o`zining yoshligidagi holatni gapirib berdi. 

"Bir sinfdoshim bo`lardi, mendan ham yaxshiroq o`qirdi. Men matematikadan masalani 5 minutda echsam, u 2-3 minutda bajarib bo`lardi. Maktabni tamomlaganimizdan keyin Toshkentga o`qisha topshirdi, lekin kira olmadi. Bir necha yil topshirgan, har gal yuqori ball olardi, ammo o`tish balliga etmay qolardi. Men undan pastroq ball bilan o`zimizni viloyatdagi institutga o`qishga kirdim. Yaqinda o`sha sinfdoshimdan so`rasam, maktabda qorovul bo`lib ishlayapti ekan, ko`zimga yosh keldi. O`shanda to`g`ri qaror qabul qilib, o`z viloyatidagi oliygohga topshirganda edi, o`sha balli bilan o`qishga kirgan, hozir o`zi tanlagan sohada ishlab yurgan bo`lardi. O`sha paytdagi ta`lim siyosati, shunday kadrni qo`ldan boy berdi", - deya Toshqulovning so`zlarini keltirmoqda "darakchi.uz" jurnalisti. 

Boshqa yangiliklar