Hindistonlik to`rt o`smir bola selfiga tushish maqsadida dengizga kelganda, kuchli po`rtana ularni suvga uloqtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea shu kunlarda Hindistonning Maxarashtra shtatida bo`lib o`tgan. Etti kishidan iborat o`smirlar guruhi Araviy dengizi qirg`oqlarida dam olayotganda birgalikda selfiga tushmoqchi bo`lishgan. Po`rtana ko`tarilganiga qaramay, to`rt nafar o`smir suvga tushib, bir necha marotaba rasmga tushgan. Ammo ulardan biri yanayam ichkariroqda, to`qinlar bag`rida suratga tushishni istab qolgan. Ammo po`rtana ularni dengizga uloqtirgan. 15 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan o`smirlarning jasadlarini topish bo`yicha o`tkazilgan barcha qidiruv ishlari muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
Iyun oyining oxirida selfi tushayotgan hindistonlik, 7 nafar talaba yigitning Gang daryosiga g`arq bo`lgani haqida ham xabar bergan edik. Fevral oyida Mumbay shahar ma`muriyati, shaharning xavfli hududi hisoblangan 16 ta tumanida selfiga tushishni taqiqlagan edi.