AsosiyJamiyat

Islomjon Ergashxo`jaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Shu kungacha Toshkent viloyati hokimining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Islomjon Ergashxo`jaev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston hukumati portali xabar bermoqda.

“O`zbekiston Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O`zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islomjon Ergashxo`jaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi”, — deyiladi hukumat axborotida.

Ma`lumot uchun, Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullaev O`zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi boshqa bir qarori bilan lavozimidan ozod etildi.

Boshqa yangiliklar