Novosibirsk viloyatida muhojirlarga bola qarash va jamoat transportini boshqarish taqiqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Gubernator Vladimir Gorodeskiy bu qarorga imzo chekkan va u hududiy ma`muriyat saytida e`lon qilingan.
Endi Novosibirsk viloyatida chet ellik fuqarolarning bolalar bog`chasida, maktablarda, kotib, tarjimon, hisobchi, o`rmon xo`jaligi mahsulotlarini sotishi hamda taksi va avtobus haydovchisi bo`lib, kanikul paytlari lagerlarda ishlashi taqiqlandi.
Hujjatga o`ra, mazkur qaror kuchga kirganiga uch oy bo`lgandan keyin ish beruvchilar chet el fuqarolarning xizmatidan voz kechishi lozim.
2015 yilning dekabr oyida hukumat muhojirlarning qaysi sohada ishlashi mumkinligi va ularning sonini tartibga solish masalasini ko`rib chiqishni hududiy ma`muriyatlar zimmasiga yuklagan edi.