Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov 14-16 sentyabr kunlari O`zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi va Samarqandda o`tkaziladigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tashqi siyosat bo`limi boshlig`i Muratbek Azimbakiev ma`lum qildi.
Sadir Japarov ShHT doirasida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev .bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.
13.09.2022 11:55





