AsosiySiyosat

"ShHTning Markaziy Osiyodagi bunyodkorlik roli isbot talab qilmaydigan haqiqatdir" – Eldor Aripov

'"ShHTning Markaziy Osiyodagi bunyodkorlik roli isbot talab qilmaydigan haqiqatdir" – Eldor Aripov'ning rasmi

Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHTning Markaziy Osiyodagi bunyodkorlik roli haqida alohida to`xtaldi.

«Biz Markaziy Osiyoni shunchaki Shanxay tashkilotining geografik o`zagi deb aytmaymiz, chunki ShHT dastlab uning xavfsizligi, barqarorligi va barqaror rivojlanishini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan. Va, mening fikrimcha, Tashkilot buni amalga oshirishga qodir bo`ldi, chunki ShHTning Markaziy Osiyodagi bunyodkorlik roli "isbot talab qilmaydigan haqiqatdir". Shu munosabat bilan O`zbekiston mintaqa ShHTning “yuragi”, uning bo`g`ini bo`lib qolishda davom etishi tarafdori.

Prezidentimiz ham besh emas, oltita davlat, jumladan Afg`oniston ham Markaziy Osiyoning bir qismi ekanini bir necha bor ta`kidlagan. Bu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishi mintaqada va shuning uchun Shanxay Tashkilotida xavfsizlikni ta`minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Prezidentining qo`shni davlatlarga Afg`onistonga yordam qo`lini cho`zishga chaqiruvi mutlaqo dolzarb va talabga ega. Bu mamlakat yana o`z muammolari bilan yolg`iz qolmasligi kerak.

O`zbekiston eng yaqin qo`shni sifatida Afg`onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga hozirdanoq har tomonlama yordam ko`rsatmoqda», – dedi Strategik v mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.

 

    Boshqa yangiliklar