Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O`zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon etakchisi ShHT sammiti doirasida tashkil etiladigan siyosiy, iqtisodiy, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog`liq uchrashuvlarda qatnashadi.






