ShHT sammiti doirasidagi yana bir muhim tadbir - O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralari boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga Arqadag`, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.






