AsosiySiyosat

ShHT dunyoda hech kim bilan kurashmayapti, ShHT jahon muammolari bilan kurashmoqda – XMATM eksperti Shuhrat Irgashev

'ShHT dunyoda hech kim bilan kurashmayapti, ShHT jahon muammolari bilan kurashmoqda – XMATM eksperti Shuhrat Irgashev'ning rasmi

Shanxay hamkorlik tashkilotini mavjud bloklarga “qarshi” tuzilgan o`ziga xos “muqobil blok” deb o`ylash juda noto`g`ri bo`ladi, deydi XMATM eksperti Shuhrat Irgashev.

– Masalan, NATO, EI, KXShT, EII yoki boshqalarga qarshi emas. Bu mutlaqo noto`g`ri. ShHT hech qachon harbiy blokga aylanmaydi, u geosiyosiy bayonotlar bermaydi, hech kim bilan qarama-qarshilikka bormaydi.

ShHT qaergadir qo`shin yuborganligini hech eshitganmisiz? ShHT ba`zi mamlakatlardan o`z hududini, siyosiy tizimini o`zgartirishni, saylovlar o`tkazishni talab qilayotgani haqida xabarlar hech qulog`ingizga chalinganmi? Yo`q. Bu hech qachon sodir bo`lmagan va bo`lmaydi ham. Kelajakda Evropa davlatlari ShHTga a`zo bo`lishi mumkinmi? Amerikadagi davlatlar?Afrika mamlakatlari? Albatta, hamkorlik qilishni istagan har qaysi davlatlar uchun eshiklarimiz ochiq.

ShHT dunyoda hech kim bilan urushmayapti. ShHT global muammolarga qarshi kurashmoqda. Bularning aksariyatini hamkorliksiz hal qilib bo`lmaydi. Iqlimning o`zgarishi. Qashshoqlik. Ochlik. ShHTning asl “dushmanlari” mana shular. Haqiqiy kurash aynan shularga qarshiqaratilgan, – deydi Shuhrat Irgashev.

 

    Boshqa yangiliklar