AsosiySiyosat

Afg`onistonga boshqacha nazar tashlash fursati etdi – ISMI eksperti Bahromjon Sotiboldiev

'Afg`onistonga boshqacha nazar tashlash fursati etdi – ISMI eksperti Bahromjon Sotiboldiev'ning rasmi

SMTI eksperti Bahromjon Sotiboldiev ShHT sammitida muhokama qilinadigan muhim mavzulardan biriga to`xtaldi.

" – ShHT sammitida muhokama qilinadigan muhim mavzulardan biri – Afg`oniston muammosi. Jahon hamjamiyati mazkur davlatga turlicha yondashuvlarni qo`llagan. Eng qudratli mamlakatlar, kuchlar, mafkuralar. Ammo hech kim muvaffaqiyatga erisha olmadi.

Biz o`tmish uchun hech kimni tanqid qilmaymiz. Biz Afg`onistondan yuz burmaslikni, ushbu diyor uchun jamoaviy mas`uliyatni o`z zimmamizga olishni taklif qilamiz. Ularni qancha uzoq yolg`iz qoldirsak, keyin bu mamlakatni jahon hamjamiyatining to`laqonli va rivojlanayotgan a`zosiga aylantirish shuncha qiyin kechadi.

Biz Afg`onistonning barcha qo`shnilariga mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish va uning mintaqaviy integrasiyasi bo`yicha yagona strategiya ishlab chiqishni taklif qilmoqdamiz. Samarqanddagi ShHT sammiti buning uchun eng ma`qul makondir, chunki barcha asosiy ishtirokchilar bir stol atrofida yig`iladilar", – Bahromjon Sotiboldiev.

    Boshqa yangiliklar