O`zbekistonning markaziy va shimoli-sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
16−18 avgust kunlari Toshkentda, tog`li va tog` oldi hududlarida, shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.
Yaqin kunlarda Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining bir qator tumanlarida ham yog`ingarchiliklar ehtimoli bor.
Toshkentda 16−17 avgust kunlari kunduzgi havo harorati +33…+35 darajaga chiqadi, Farg`ona vodiysida 20 avgustga qadar +31…+36 daraja bo`ladi. Mamlakatning boshqa hududlarida kunduzgi harorat eng yuqori +33…+38 darajaga qadar ko`tariladi.





