1

Barak Obama saylovda Xillari Klintonni qo`llab-quvvatlash uchun mehnat ta`tilini bekor qildi

Dunyo 16.08.2016, 13:09
Teglar: Barak Obama
Barak Obama saylovda Xillari Klintonni qo`llab-quvvatlash uchun mehnat ta`tilini bekor qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasi tomonidan nomzodi qo`yilgan Xillari Klintonni qo`llab-quvvatlashmaqsadida  o`tkaziladigan  pul yig`ish tadbirida qatnashish uchun mehnat ta`tilini bekor qilishga qaror qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

AQSh prezidenti Demokratik partiya ehtiyojlariga ishlatish uchun pul yig`ish maqsadida tashkil etiladigan kechki ovqatga borishni rejalashtirgan. Tadbir Massachusets shtatining Martas-Vin`yard orolida bo`lib o`tadi. Tadbirni er-xotin Xenk Goldberg va Kerol Braun Goldberglar tashkil qilgan.

Kechki ovqatga 60 ga yaqin xayriya ishlari bilan shug`ullanuvchi odamlar tashrif buyuradi. Tadbirda qatnashish imkonini beradigan chiptaning narxi har bir odam uchun 33 ming dollarga to`g`ri keladi.

Ilgari Barak Obama  ikki haftalik mehnat ta`tiliga chiqayotganligini, ta`tilda beshta kitobni o`qib chiqishni rejalashtirganligini bildirgan edi.

Sharhlar

​Obamaning qizi Sashaning haqiqiy ismi amerikaliklarni hayratga soldi

15.06.2017, 09:39

10 iyun kuni AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning qizi Sasha 16 yoshga to`lganini nishonladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Amerikalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni tug`ilgan kuni...
​Barak va Mishel Obamalar Vashingtondan 8,1 million dollarga uy sotib oldi

01.06.2017, 12:48

Barak va Mishel Obamalar Vashingtonning nufuzli tumanidagi uylardan birini sotib oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Mazkur uyni ular Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagandan keyin...
​OAVlar Barak Obamaning nima uchun oq tanli qizga uylanmaganidan xabar topdi

04.05.2017, 14:48

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama oq tanli qizga uylanishga jur`at etolmagan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri Devid Gerrouning Barak Obamaning hayoti haqida yozilgan memuar asariga...
​Barak Obama so`zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi

25.04.2017, 11:27

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama sog`liqni saqlashga bag`ishlab o`tkaziladigan anjumanda so`zlaydigan nutqi uchun uchun rekord darajadagi – 400 ming dollar gonorar oladi, deb xabar berdi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1