Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev SHHT Sammitida Qorabog‘ mojarosiga to‘xtaldi.
"Ikkinchi Qorabog‘ urushidagi g‘alabadan so‘ng Ozarbayjon ozod qilingan hududlarda minglab kilometr yo‘llar qurmoqda. Qorabog‘ mojarosining hal etilishi mintaqa davlatlari uchun yangi transport imkoniyatlarini ochib berdi. 13 sentyabr kuni Armaniston Ozarbayjon bilan chegara hududlarda keng ko‘lamli harbiy provokasiya o‘tkazdi. Mojaroning avj olishida Armaniston to‘liq aybdor. Ozarbayjon BMT rezolyusiyalari ijrosini ta’minlagan holda, o‘zi Qorabog‘ mojarosini hal qildi", - dedi Ilhom Aliyev.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi saytida 12 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Dashkesan, Kalbajar va Lachin yo‘nalishlarida keng ko‘lamli provokasiyani amalga oshirgani haqida xabar berilgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, bugunga kelib harakatlar natijasida qurbon bo‘lgan arman harbiylari soni 105 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 50 nafardan ortiq Ozarbayjon harbiylari ham halok bo‘lgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatdagi vaziyat tufayli Samarqanddagi SHHT sammitida ishtirok etmadi.






