AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Putin bilan Qoraqalpog`istondagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi

'Shavkat Mirziyoev Putin bilan Qoraqalpog`istondagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi'ning rasmi

Putin O`zbekiston rahbariga Samarqandda bo`lib o`tgan ShHT sammitini a`lo darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Bugun, 17 sentyabr kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot chog`ida Vladimir Putin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga mehmondo`stligi va Samarqandda bo`lib o`tgan ShHT sammitini a`lo darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi, jumladan, savdo-iqtisodiy sohadagi ayrim dolzarb masalalar muhokama qilindi. Rossiya-O`zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi o`zaro hamkorlik tasdiqlandi. Rossiya tomoni O`zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog`istondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, bo`lajak muloqotlar jadvali ham ko`rib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar