Davlat rahbari raisligida yig`ilish davom etmoqda.
Yig`ilishda infratuzilma masalasi haligacha dolzarb bo`lib qolayotgani ta`kidlandi.
Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard so`m ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yo`l, elektr, suv va internet muammosini hal etish bo`yicha hukumat qarorini kiritish;
ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard so`m ajratish;
yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni ko`paytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qo`shimcha 500 milliard so`m yo`naltirish;
kelgusi yil 1 aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.






