Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasi o`z ishini boshladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lumot berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 20 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasining umumiy munozaralari boshlandi.
Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi ishtirok etmoqda. O`zbekiston delegasiyasi rahbari 24 sentyabr kuni so`zga chiqadi.