1

99,5% o`zbekistonliklarning fikriga ko`ra, mustaqillik yillarida O`zbekiston Prezidenti xalq ishonchini qozondi

Jamiyat 17.08.2016, 14:46
Teglar: O`zbekiston
99,5% o`zbekistonliklarning fikriga ko`ra, mustaqillik yillarida O`zbekiston Prezidenti xalq ishonchini qozondi

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi mustaqillik bayrami arafasida «O`zbekiston: davlat mustaqilligining 25 yilligi» mavzuida ijtimoiy so`rov o`tkazdi. 

Mamlakatimizning barcha hududlari qamrab olingan tadqiqotda aholining turli ijtimoiy guruhlari, turli millat vakillari ishtirok etgan. 

Ijtimoiy so`rov natijalariga ko`ra, fuqarolarning aksariyati (98,2 foizi) mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ijobiy va barqaror, deb hisoblaydi. Respondentlar fikricha, istiqlolning 25 yilligi – bu to`g`ri va puxta o`ylangan islohotlar samarasida tobora rivojlanayotgan Vatanimiz solnomasidagi yangi davrdir. 

So`rovda qatnashganlarning 99,6 foizi mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va dinlararo totuvlik mustahkamlanib borayotgani, davlatimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori tobora ortayotgani, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratilgani, so`z erkinligi va inson huquqlari qaror topgani, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanganini istiqlol yillarida erishilgan asosiy muvaffaqiyatlar sifatida qayd etgan. 

Tadqiqot natijalari mamlakatimiz aholisi davlatimiz rahbarini jamiyatning birdamligi, erishilgan yutuqlar hamda yurtimiz gullab-yashnashining asosiy kafolati, deb hisoblashini ko`rsatdi. Mamlakatimiz aholisi (99,5 foizi) mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aholi ishonchini qozonib, xalqimiz tomonidan keng qo`llab-quvvatlanayotganini alohida ta`kidlagan. 

So`ralganlarning asosiy qismi (99,4 foizi) O`zbekistonning dunyoda egallagan o`rnidan faxrlanadi. Respondentlar istiqlol yillarida davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasida O`zbekiston yuksak ilmiy-texnik salohiyatga ega, sanoati rivojlangan davlat darajasiga ko`tarilganini alohida qayd etgan. 

Tadqiqot natijalari ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan tub ijobiy o`zgarishlar qatorida odamlar ongu tafakkurida ham jiddiy o`zgarishlar ro`y berganini ko`rsatdi. Aholi o`rtasida vatanparvarlik hissi tobora ortmoqda. 

Tadqiqot qatnashchilarining 81,5 foizi aholi farovonligining ortib borishiga xizmat qilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligidan qoniqishini bildirgan. So`rov ishtirokchilarining 93,1 foizining moddiy ahvoli, yashash va maishiy sharoiti yaxshilangan, ijtimoiy maqomi oshgan, namunali ta`lim olgan, o`z biznesini tashkil qilgan. 90 foizdan ziyod fuqarolar mustaqillik yillarida fuqarolik huquqlari, shaxsiy xavfsizligining himoyalanishi va ta`minlanishi mustahkamlanganini bildirgan. 

So`rov jarayonida fuqarolarning 90 foizdan ortig`i milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar odamlarga o`z imkoniyatlarini to`la namoyon etish, turmush darajasi va sifatini oshirishda muhim omil bo`layotganini ta`kidlagan. Respondentlarning 97,3 foizi tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholagan. Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga jamoatchilik o`rtasida ishonchning ortishi natijasida iqtisodiyotning mazkur tarmog`ida kapitalni boshqarishning yangi sifat bosqichiga o`tilgan. 

Aholi (qariyb 100 foiz) O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik davrida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilgan tashqi siyosatni yuksak baholaydi. Jamoatchiligimiz fikricha, mazkur tashkilotning joriy yil 23-24 iyun kunlari poytaxtimizda o`tgan yubiley sammiti ShHT faoliyatining samaradorligini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash bo`yicha muhim kelishuvlarga erishilgani bilan tashkilot tarixida muhim o`rin tutadi.

So`rov natijalari fuqarolarimizning aksariyati (93,9 foizi) oilani ijtimoiy institut sifatida mustahkamlash, ona va bola sog`lig`ini yanada yaxshilash, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta`minlash, jamiyat va oiladagi mavqeini yanada oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni ta`minlashga qaratilgan islohotlarni to`la qo`llab-quvvatlaydi. So`rov ishtirokchilarining bildirishicha, “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi bu borada muhim dasturilamal bo`lmoqda. 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining nodir instituti – mahalla faoliyati milliy an`ana va qadriyatlarimizga muvofiq to`liq shakllantirilib, ularning samarali ish yuritishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi. Istiqlol yillarida mahalla institutining jamiyatdagi o`rni va ahamiyati ortib, mamlakatimizni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarining amaldagi ifodasiga aylandi. 

Muxtasar aytganda, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijalari xalqimiz davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarni to`liq qo`llab-quvvatlashini yana bir bor ifoda etdi.

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1