1

Elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo`q qilib berishni va`da qilgan tuman elektr ta`minoti korxonasi bo`lim rahbari qo`lga olindi

Jinoyat 21.09.2022, 17:52
Elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo`q qilib berishni va`da qilgan tuman elektr ta`minoti korxonasi bo`lim rahbari qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Piskent tuman elektr ta`minoti korxonasi boshlig`i U.X. tadbirkor B.ga tegishli kichik ishlab chiqarish korxonasining 106 mln so`m elektr energiyasidan qarzdorligini yo`q qilib berish evaziga korxona  qorovuli O. orqali 6 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Urgut tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, tuman elektr ta`minoti korxonasida bo`lim rahbari vazifasida ishlovchi S.T. va boshqalar “K.B.” fermer xo`jaligi rahbari A.N. va “A.Y.” MChJ rahbari U.X.ning elektr energiyasidan qarzdorligini so`ndirish uchun 35 mln so`m va 300 AQSh dollarini qo`lga kiritishib, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. 

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sh.Rashidov tuman elektr ta`minoti korxonasi huquqshunosi N.D. fuqaro R.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo`yicha hisoblangan 6,2 mln so`m qarzdorlikni yo`q qilib berish evaziga 1,9 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan  jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1