Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -69 kilogramm vazn toifasida final bellashuvi o`tkazildi. Unda hamyurtimiz Shahram G`iyosov qozog`istonlik Daniyar Eleusinovga qarshi bahs olib bordi.
Afsuski, oltin medal uchun kurashda Shahram raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shunga qaramay, Shaxram G`iyosov Rio–2016 Olimpiadasida O`zbekiston terma jamoasi ilk kumush medalni olib keldi.
Ayni damda O`zbekiston terma jamoasi hisobida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bor.





