Evropa Ittifoqning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari personal va alohida sektorlarga qaratilgan bo`ladi. Bu haqda "Zamon.uz" EIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha oliy komissari Jozep Borrelga tayanib ma`lum qildi.
“Ukrainaga qurol etkazib berish orqali harbiy yordam hajmini ko`paytiramiz. Shu bilan birga biz yangi restriksiyalar — personal va alohida sektorlarga qaratilgan cheklovlarni qabul qilamiz”, – degan diplomat.
Shu bilan birga Evropa bosh diplomati Ukrainaning qator hududlarining Rossiyaga “qo`shilishi” bo`yicha “referendumlar” o`tkazilishi fonida imkon qadar tezkor ravishda sanksiyalar joriy etilishini aytgan.
Ma`lumot o`rnida: Tan olinmagan “DXR” va “LXR”, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlaridagi rossiyaparast ma`muriyat 23-27 sentyabr kunlari RF tarkibiga kirish uchun “referendumlar” o`tkazilishini e`lon qildi. G`arb va dunyoning aksariyat davlatlari bu amaliyotni tan olmasligini ma`lum qilgan.





