AsosiyJamiyat

Jizzaxda o`rmon noziri daraxt jallodining kirdikorlarini yashirish uchun pora olayotganda qo`lga tushdi

'Jizzaxda o`rmon noziri daraxt jallodining kirdikorlarini yashirish uchun pora olayotganda qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahrida o`rmon noziri ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, Jizzax davlat o`rmon xo`jaligi boshqarmasi o`rmon noziri R.M. fuqaro U.dan unga bog`dorchilik uchun ijaraga berilgan er maydonida 14 dona terak va qayrag`och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo`llamaslik evaziga 3 mln so`m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar